1

Subsidiya berishda 550 dan ortiq huquqbuzarliklar aniqlandi

Jamiyat 03.07.2020, 12:37
Subsidiya berishda 550 dan ortiq huquqbuzarliklar aniqlandi

Xabaringiz bor, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo`lgan aholiga beg`araz yordam sifatida davlatimiz tomonidan subsidiyalar berilishi boshlangan.

Ushbu ijtimoiy aksiya fuqarolarimiz tomonidan ijobiy qarshi olingan bo`lib, joriy yilning 1 iyul kuniga qadar Davlat xizmatlari markazlari va my.gov.uz portali orqali uy-joy sotib olishga subsidiya olish uchun 17,2 mingdan ortiq arizalar kelib tushgan. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar bermoqda. 

Eslatib o`tamiz, subsidiya hammaga berilmaydi. Faqatgina uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo`lgan oilalar, og`ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlar va shu toifadagi boshqa O`zbekiston fuqarolariga ajratiladi.

Shu bois, 2,2 mingdan ortiq, ya`ni ariza bergan 12,8 % fuqarolarga subsidiya ajratish uchun xabarnomalar berilgan, 5 mingga yaqin, ya`ni 28,7 % fuqarolarning arizalari rad etilgan va 1,2 mingdan ortiq, ya`ni 7,4 % tasi — fuqarolar tomonidan bekor qilingan.

Bugungi kunda 8,7 mingdan ortiq, ya`ni 50,9 % arizalar tuman va shahar komissiyalari tomonidan ko`rib chiqilmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi davlat xizmatlari ko`rsatishda yagona siyosatni olib boruvchi organ hisoblangani bois, subsidiya berish jarayonini ham nazorat qiladi.

Mutaxassislarimiz tomonidan o`tkazilgan monitoringlar davomida 550 dan ortiq fuqarolarning arizalari vakolatli tashkilotlar tomonidan belgilangan muddatlarda ko`rib chiqilmagan holatlari aniqlandi.

Ushbu holatlar bo`yicha vakolatli tashkilotlarga 64 ta taqdimnoma, 400 ta ogohnoma kiritildi va 43 nafar shaxsga nisbatan ma`muriy huquqbuzarlik bo`yicha bayonnomalar rasmiylashtirildi.

"Hurmatli fuqarolar! Agar arizangiz o`z vaqtida ko`rib chiqilmagan bo`lsa, my.gov.uz portalida mavjud maxsus tugma yordamida bizga bu haqida xabar berishingizni so`raymiz. Xalq bilan qayta aloqa nazoratning eng samarali usulidir" deyiladi xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1