Bizda koronavirus statistikasini kamaytirib ko`rsatishadimi?

Jamiyat 03.07.2020, 13:53
Bizda koronavirus statistikasini kamaytirib ko`rsatishadimi?

Ushbu savolga Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori va Sog`liqni saqlash vazirligi bosh infeksionisti Erkin Musabaev javob berdi:

- Men aniq aytishim mumkinki, hozirda avvalgidek hech qanday talablar qo`yilayotgani yo`q. Agar mahalliy darajada yoki beparvolik oqibati yoki boshqa sabablarga ko`ra bunga yo`l qo`yilayotgan bo`lsa, demak, statistika ancha past bo`lishi tabiiy.

Ammo har qanday holatda ham, haqiqiy kasallik ko`rsatkichlari va qayd etilgan kasallik ko`rsatkichlari mavjud. Biz hamma narsani sinchkovlik bilan olib borsak ham, har qanday holatda ham qayd etilgan kasalliklar ko`rsatkichi haqiqiy kasalliklar ko`rsatkichidan nechadir foiz past bo`ladi. Shuning uchun, ataylab kamaytirish, degan narsa yo`q.

Aytaylik, yaqin vaqtgacha bemorlarda, hatto asoratlarsiz koronavirus holati aniqlangan bo`lsa ham, avtomatik ravishda kasalxonaga yotqizilgan. Agar kasallik asoratlari bo`lmasa, kasalxonada yotishni kim istaydi? Siz xohlaysizmi? Istamaysiz, men ham xohlamayman. Keyin buni ro`yxatdan o`tkazmaslik uchun qandaydir yashirish ishlari boshlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1