AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda o`g`il otasi va buvisini pichoqlab, qotilga aylandi

'Qashqadaryoda o`g`il otasi va buvisini pichoqlab, qotilga aylandi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tumanidagi Oqtosh mahalla fuqarolar yig`ini Qaldirg`och ko`chasida yashovchi S.Q joriy yil 30 iyundan 1 iyulga o`tar kechasi juda ko`p spirtli ichimlik iste`mol qilgan holda uyiga keladi.

Uning bu holatini ko`rgan otasi K.A tergay boshlaydi va natijada ota-o`g`il o`zaro tortishib, janjallashib qolishadi. Ularning uyiga mehmonga kelgan buvisi ya`ni otasi K.Aning onasi A.K mojaroni bostirmoqchi bo`ladi. Jazavaga tushgan o`g`il yashash uyidagi yordamchi xo`jalik xonasidan oshxona pichog`ini olib chiqib uy oldidagi yo`lakda turgan buvisi A.Kni o`ng oyoq boldir sohasi, chap ko`krak qafasi old pastki qismi va chap ko`krak sohasiga pichoq uradi va hayot uchun og`ir bo`lgan tan jarohati etkazadi. Uni tinchlantirish uchun yaqinlashgan otasi K.Aning ham chap qorin sohasiga bir marta pichoq sanchib og`ir tan jarohati etkazadi.

Oqibatda buvisi A.K ko`p qon yo`qotishi natijasida voqea joyida vafot etadi. Otasining hayoti shifokorlar tomonidan saqlab qolindi.

Buvisi qotiliga aylangan va otasini o`ldirishiga bir bahya qolgan padarkush o`g`il shu qadar ko`p spirtli ichimlik qabul qilganki, hatto o`zi nima ish qilib qo`yganini anglamaydi. Panjara ortida hushiga kelgan jinoyatchiga nimalar qilganini aytishganida hayratdan dong qotib qoldi. So`nggi pushaymon o`zingga dushman.

    Boshqa yangiliklar