AsosiyJamiyat

Nega masjidlar ochilmayapti? Virus namoz orqali yuqadimi?

'Nega masjidlar ochilmayapti? Virus namoz orqali yuqadimi?'ning rasmi

AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o`rinbosari Botir Qurbonov ishtirokida brifing bo`lib o`tdi. U fuqarolardan tushgan savollarga javob berdi.

Savol: Karantin choralari yumshatilishi bois bir qator savdo markazlari, transport vositalari harakatlanishiga ruxsat berildi, lekin nega masjidlar ochilmayapti? Virus namoz orqali yuqadimi?

Javob: Respublika Maxsus komissiyasining Qarori bilan "yashil" hududlarda joylashgan masjidlar faoliyatiga ruxsat berilgan. Iyun oyidan boshlab bosqichma-bosqich karantin tadbirlari yumshatib borilmoqda, aholi uchun zarur imkoniyatlar yaratilmoqda. Lekin so`nggi paytlar usanitariya-gigiena talbalariga amal qilmaslik oqibatida kasallikni ko`payish hollari kuzatilmoqda. Ayni paytda barcha sa`y-harakatlarimiz va e`tiborni hududlarni sog`lomlashtirish va "yashil" hududga aylantirishga qaratish lozim.

    Boshqa yangiliklar