Qarshi shahriga kirish-chiqish jiddiy nazoratga olinadi, deya xabar bermoqda Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati. Ushbu cheklov Viloyat maxsus komisiyasi qarori asosida amalga oshirilmoqda.
Unga ko`ra, faoliyati to`xtatilgan ayrim nazorat maskan(post)lari qayta tiklanadi.
Eslatib o`tamiz, ayni paytga qadar Qashqadaryo viloyatida 201 nafar fuqaroda koronavirus qayd etilgan bo`lib, hozirgacha ularning 119 nafari tuzalgan. 2 kishi kasallikdan vafot etgan.