O`zbekistonda koronavirusning 28-qurboni toshkentlik 59 yoshli erkak bo`ldi

Jamiyat 03.07.2020, 16:45
O`zbekistonda koronavirusning 28-qurboni toshkentlik 59 yoshli erkak bo`ldi

Sog`liqni saqlash vazirligi O`zbekistonda koronavirusdan vafot etgan navbatdagi bemor haqida ma`lumot berdi. 

Toshkent shahrida yashovchi 59 yoshli G`.B. joriy yil 2 iyul kuni o`ta og`ir holatda poytaxtimizdagi I.Irgashev nomli 4-son shahar klinik shifoxonasining reanimasiya bo`limiga yotqizilgan va sun`iy nafas berish apparatiga ulangan.  

 Unga “Yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, surunkali buyrak  etishmovchiligi, infarktdan keyingi kardioskleroz, ikki tomonlama pnevmoniya” tashxisi qo`yilgan.

Shuningdek, bemorda shu kuni koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.

Bemor (erkak kishi) oxirgi 7 yil davomida yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, surunkali buyrak etishmovchiligi  tashxisi bilan davolanib yurgan. Doimiy gemodializ muolajasini olib turgan.  

Joriy yil 2 iyul kuni shifokorlar tomonidan standart asosida ko`rsatilgan tezkor reanimasion muolajalarga qaramasdan bemor o`tkir yurak-qon tomir va o`pka etishmovchiligidan vafot etdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1