Pora olgan mayorning neft bazasiga aloqasi yo`qligi ma`lum qilindi

Jinoyat 03.07.2020, 21:06
Pora olgan mayorning neft bazasiga aloqasi yo`qligi ma`lum qilindi

Ommaviy axborot vositalarida Toshkent viloyati Yangiyo`l tumani ichki ishlar bo`limining mayor unvonidagi mas`ul xodimi fuqaroni “Chinobod neft baza” mas`uliyati cheklangan jamiyatining filiallaridan biriga rahbarlikka tayinlanishida yordam berishini aytib, buning uchun undan 50 ming AQSh dollari talab qilib, 10 ming AQSh dollari olayotgan vaqtida ushlangani haqida xabarlar tarqatildi. “O`zbekneftgaz” AJ mazkur ma`lumot yuzasidan bayonot berdi.  

“O`zbekneftgaz” AJ tizimidagi korxonalar, zavodlar, neft bazalarga ishga qabul qilishda ta`magirlikka yo`l qo`ymaslik, shaffoflik tamoyili asosida O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga qat`iy amal qilgan holda ish yuritish bo`yicha vazifalar belgilab olindi

☑️ Ushbu holat yuzasidan avvalo shuni ta`kidlash kerakki, “Chinobod neft baza”si MChJda hech qanday filial mavjud emas. Qo`lga olingan IIB xodimining ham neft bazaga aloqador joyi yo`q.

Korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida “O`zbekneftgaz” AJ tuzilmasida o`zgarish qilindi va muhim qadam tashlandi. Boshqaruv raisining buyrug`iga asosan rejali, mavzuli, tezkor va masofaviy o`rganishlar hamda xizmat tekshiruvlari o`tkazish uchun “Moliyaviy va komplaens nazorati” departamenti tashkil etildi.

☑️ Ushbu departament aynan komplaens sohasidagi qonun, qoida va standartlarga muvofiqlikni, shu jumladan, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar bajarilishini hamda manfaatlar to`qnashuvlarini me`yoriy hujjatlarga asosan boshqarilishini nazorat qiladi, mas`ul mansabdor shaxslar faoliyati bo`yicha maqsadli o`rganishlarni o`tkazadi.

"Bir so`z bilan aytganda, “O`zbekneftgaz” AJ “Korrupsiyasiz soha”ga aylandi.  

Agar siz sohaga oid qonun buzilish holatlariga guvoh bo`lsangiz, “O`zbekneftgaz” AJning (71) 207-27-72 raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin" deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1