1

Toshkentda omborxona mudiri 116 million so`mlik mahsulotlarni o`g`irlagani ma`lum bo`ldi

Jinoyat 03.07.2020, 21:49
Toshkentda omborxona mudiri 116 million so`mlik mahsulotlarni o`g`irlagani ma`lum bo`ldi

Toshkent shahar Mirobod tumani Yangizamon ko`chasida joylashgan MChJ omborxona mudiri lavozimida faoliyat olib borgan 39 yoshli X.R. korxona mulkini bir necha marta o`g`irlagan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, u korxona tomonidan 2019 yil 01 oktyabr kunidan 2020 yilning 01 iyun kuniga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida, rangli metall – «Latun» dan ishlab chiqarilgan jami bahosi 116.801.993,5 so`mlik 14 turdagi mahsulotlarni davomiy ravishda o`g`irlab, ularni sotib pullarni o`z ehtiyojiga sarflagan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan X.R., ga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov davomida X.R. JKning 167-moddasi 3-qismi «a» bandida (juda ko`p miqdorda o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) ko`rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Dastlabki tergov davomida mazkur jinoyatga 34 yoshli S.Ya. aloqadorligi aniqlanib, u ham gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Jinoyat ishi bo`yicha jami zararning 90.000.000 so`mi qoplangan. Hozirgi kunda jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1