1

Elmira Basitxanova yana Sog`liqni saqlash vazirining o`rinbosarligiga qaytdi

Jamiyat 03.07.2020, 22:51
Elmira Basitxanova yana Sog`liqni saqlash vazirining o`rinbosarligiga qaytdi

Mamlakatimiz Prezidentining joriy yil 3 iyuldagi  tegishli qaroriga asosan Sog`liqni saqlash vazirining o`rinbosari lavozimiga Basitxanova Elmira Irkinovna tayinlandi. Bu haqda SSV xabar berdi.

E.Basitxanova 1958 yilda tug`ilgan. 1981 yilda Toshkent davlat tibbiyot instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi)ni tamomlagan, tibbiyot fanlari doktori.  

Tayinlovga qadar Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasida faoliyatini boshlagan va ko`p yillar bosh shifokor sifatida, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi, so`ng Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari lavozimlarida faoliyat ko`rsatgan. Ayni paytga qadar O`zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirining birinchi o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1