Toshkentda saratonga chalingan bemor koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat 03.07.2020, 23:54
Toshkentda saratonga chalingan bemor koronavirusdan vafot etdi

SSV xabariga ko`ra yana bir bemor koronavirus oqibatida hayotdan ko`z yumdi.

Bu poytaxtimizda yashovchi 77 yoshli N. G. bo`lib, u shu yilning 7 iyunidan 16 iyungacha Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida  yurak ishemik, gipertoniya, qon aylanish etishmovchiligi, o`ng sut bezi saratoni, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o`pka shishi tashxisi bilan davolangan.

 23 iyun kuni unda koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan va ixtisoslashgan tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi ko`p tarmoqli klinikasining jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.

U oxirgi 10 yil davomida  yurak ishemik, gipertoniya va onkologik xastalik kabi  qator tashxislar bilan davolanib kelgan.

Bemorga (ayol)  Sog`liqni saqlash vazirligining qator yo`nalishlari bo`yicha  bosh mutaxassislari va Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokorlari tomonidan konsiliumlar o`tkazilib, doimiy nazorati ta`minlangan.

Shu yilning 2 iyul kuni standartlar asosida ko`rsatilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemor  o`tkir yurak qon-tomir va o`pka etishmovchiligidan  vafot etgan.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1