AsosiyJamiyat

Andijonda yangi loyihaga start berildi

'Andijonda yangi loyihaga start berildi'ning rasmi

Siz andijonlikmisiz? Sizda startap loyihalar boru, ammo uni amalga oshirish uchun ko`mak kerakmi? Shoshiling, “Unicorns” loyihasi  – aynan Siz uchun!!!  O`bekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi “Yoshlar – kelajagimiz” jamg`armasi  va O`zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo`llab-quvvatlash markazi hamkorligida Andijon viloyatida start berilgan  ushbu loyiha yosh startapchilarning yangi loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan. Loyiha uchun 2 milliard so`m  mablag` ajratilgan.

Loyiha shartlari:

“Unicorns” loyihasida  35 yoshgacha bo`lgan Andijon viloyatida istiqomat qilayotgan yosh startapchilarning loyihalari qabul qilinadi. Jamoa a`zolari esa turli hududlardan bo`lishi mumkin.

Loyiha 3 bosqichda olib boriladi. Dastlabki bosqichda 10 iyundan 10 iyulga qadar  https://unicorns.uz  veb sayti orqali  arizalar qabul qilinadi. II  bosqichda esa 10 iyuldan 10 avgustgacha loyihalar saralanadi.  Yakuniy bosqichda eng yaxshi deb topilgan loyiha mualliflari bilan aloqaga chiqiladi va saralangan  startap loyihalar to`liq qo`llab-quvvatlanadi.  

Bugunga qadar loyihada qatnashish istagidagi 100 nafardan ortiq yoshlardan arizalar qabul qilindi. Yuborilayotgan startaplarning  aksariyati “Ta`lim va kadrlar tayyorlash texnologiyalari”, “Turizm, sayohat, va mehmondorchilik” hamda “Transport va logistika” kabi xizmat turlarini tashkil etmoqda. 10-iyulgacha yana ko`plab loyihalar ariza topshirishi kutilmoqda.

Arizalarni qabul qilish yakunlanishiga 7 kun qoldi

Shoshiling, taniqli tajribali startapchilar singari o`z muvaffaqiyatlaringiz hikoyasini yaratish uchun sizda hali imkon bor. Arizalarni qabul qilish yakunlanishiga 7 kun qoldi. Qo`rquv va va ikkilanishni boy bering, ammo bunday imkoniyatni qo`ldan boy bermang. Loyihalaringizni amalga oshirishning ayni fursati.  Hoziroq biz bilan aniq maqsad sari yuksalish qadamini tashlang.

    Boshqa yangiliklar