Bugungi kunda elektr energiyasi, tabiiy gazdan tejab-tergab foydalanish, foydalanilgan bu ne`matlar uchun vaqtida to`lovni amalga oshirish har bir fuqaroning burchidir. Biroq, ana shu ma`suliyatni ayrim iste`molchilar tomonidan unutib qo`yilayotgan Byuro organlari tomonidan olib borilayotgan kunlik tadbirlar davomida aniqlanmoqda.
Jumladan, Majburiy ijro byurosining Uchqo`rg`on tuman bo`limi tomonidan “Yog`du” mahallasida o`tkazgan monitoring davomida huquqbuzarlik holatini aniqladilar. Shu mahallada istiqomat qiluvchi N.Shamsiddinovaning yashash xonadonini to`lov intizomiga amal qilish holati va energiya resurslaridan foydalanish ko`rilganda antiqa holatga duch kelindi. Fuqaro elektr hisoblagichdan tashqari ko`z ilg`amas ravishda yashirin tarmoq tortib foydalanib kelgan. Hozirda ushbu yashirin tarmoq orqali ta`minotchi korxona manfaatiga etkazilgan zarar aniqlanmoqda.
Tumanning “Navro`z” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Ataboev ham uddaburon iste`molchilardan biri ekanligi ma`lum bo`ldi. Hisoblagichlardagi raqamlar xodimlari shubha uyg`otgani bejizga emas ekan. Ya`ni, u ham tarmoqdan foydalanishni o`g`rincha usulidan foydalanib kelgani aniqlandi. Go`yoki hech kim bilmaydi deb hisoblagichdan tashqari yashirin ravishda foydalanib kelgan. Mazkur holat bo`yicha ham hozirda dastlabki surishtiruv va etkazilgan zarar hisob-kitob qilinimoqda.






