2020 yil 4 iyul soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9500 (+104) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 36 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 35 nafari Toshkent shahrida (shundan 28 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 8 nafari aholi orasida), 25 nafari Toshkent viloyatida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 20 nafari aholi orasida), 8 nafari Sirdaryo viloyatida (barchasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi) aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 6251 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3220 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 16 nafari og`ir, 8 nafari o`ta og`ir ahvolda.






