AsosiyJamiyat

Sotib olingan yangi uyning egasi eski qarzlar uchun javobgarmi?

'Sotib olingan yangi uyning egasi eski qarzlar uchun javobgarmi?'ning rasmi

Ko`chmas mulk xarid qilgan har bir kishi avvalgi uy egasiga tegishli bo`lgan kommunal xizmatlari uchun qarzdorligi kabi noxush holatlarga duch kelishi mumkin. Ko`pincha bunday holat qarzdor uy egasi tomonidan kvartirani yangi egasiga sotilgandan so`ng aniqlanadi.
Tabiiyki, Uy-joy kommunal xizmati xodimlari uy egasidan mazkur xizmatlar uchun qarzlarni to`lashni qat`iy talab qilishi mumkin. Kvartiraning yangi egasi avvalgisining qarzlari uchun javobgarmi?

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 fevraldagi 106-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Ko`chmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini idoralararo elektron hamkorlikni qo`llagan holda notarial tasdiqlash tartibi to`g`risida”gi Nizomning 5-bandiga asosan elektron ariza to`ldirilgandan keyin soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiyasi bo`yicha qarzdorlik, ko`chmas mulkka nisbatan taqiq va xatlash mavjudligi O`zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yoki “Notarius” AATda idoralararo elektron hamkorlik orqali avtomatik tarzda tekshiriladi deb ko`rsatilgan.

AMMO AMALDA…

Ta`kidlash joizki, Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi huzuridagi Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi o`zlari bilamagan holda qarzlari bo`lgan kvartirani sotib olgani va ularning ko`pchiligida katta miqdordagi qarzlari bo`lgan fuqarolardan bir qator murojaatlarni qabul qilmoqda. Bunday holatda iste`molchi nima qilish kerak?
Qarzlar yuzaga kelgan taqdirda, O`zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yoki “Notarius” AATda taqdim etilgan soliq, kommunal va elektr energiyasi bo`yicha qarzdorlik to`g`risidagi ma`lumotlar bo`yicha qarzdor bo`lgan taqdirda, xaridor Uy-joy sotish shartnomasini tuzish uchun to`lashga majburdir.Shu sababli uy-joy kommunal xizmati xodimlari shartnomaning ushbu bandiga asoslanib kvartiraning yangi egasidan uy-joy qarzini to`lashni qat`iy talab qilishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasining “Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi Qonunining 21-moddasi ikkinchi xatboshida sotuvchi (ijrochi) iste`molchini haq evaziga qo`shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo`shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek ko`rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emasligi qayd etilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi nomuayyan iste`molchilarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga “Turar-joyni oldi-sotdi shartnomasi”ni rasmiylashtirilish jarayonida shartnomadagi “Qarzdorlik vujudga kelsa uni “Sotib oluvchi” to`laydi” degan bandni chiqarib tashlash bo`yicha o`z taklifini kiritdi.

    Boshqa yangiliklar