1

Marg`ilon shahrida fuqaroni aldagan shaxsga jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jinoyat 04.07.2020, 15:34
Marg`ilon shahrida fuqaroni aldagan shaxsga jinoyat ishi qo`zg`atildi

11 iyun kuni fuqaro Marg`ilon IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Farg`ona viloyati IIB axborot xizmati.

U 2020 yil yanvar oyida noma`lum shaxs ishonchiga kirib, Mercedes Benz Vito rusumli avtomashinasini 7.200 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, 2.900 AQSh dollari pullarni berib, qolgan pullarni keyinchalik berishini aytib, bergan va`dasini bajarmasdan avtomashinani boshqa shaxsga sotib, pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborganini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Marg`ilon IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida mazkur jinoyatni A.A. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Farg`ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi begona shaxslar bilan oldi-berdi qilmaslikni, aks holda firibgarlarga aldanib qolishlari mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1