AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni ortdi

'O`zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni ortdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi, yurtimizda koronavirusga chalingan bemor vafot etgani haqida xabar berdi. 

"Joriy yilning 1 iyul kuni poytaxtimizda yashovchi 65 yoshli V.M. (erkak kishi) o`ta og`ir ahvolda  Ibn Sino nomidagi 1-son shahar klinik shifoxonasining jonlantirish bo`limiga yotqizilib, sun`iy nafas olish  apparatiga ulangan.

Unga gipertoniya kasalligi, ateroskleroz, bosh miyada qon aylanishining o`tkir buzilishi (insult)ning ikkinchi bor qaytalanishi (birinchi holat 2020 yil iyun oyida yuz bergan), gemorragik insult tashxisi qo`yilgan.

Bemorga  Sog`liqni saqlash vazirligining qator yo`nalishlari bo`yicha  bosh mutaxassislari va Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokorlari tomonidan konsiliumlar o`tkazilib, doimiy nazorati ta`minlangan.

 3 iyul kuni shifokorlar tomonidan standart asosida ko`rsatilgan tezkor reanimasion muolajalarga qaramasdan bemor o`pka arteriyasi tromboemboliyasi, o`tkir nafas va yurak etishmovchiligidan vafot etdi" deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda 30 o`lim qayd etildi. 

    Boshqa yangiliklar