1

Koronavirus: 67 nafar bemor aholi orasidan aniqlandi

Jamiyat 04.07.2020, 18:12
Koronavirus:  67 nafar bemor aholi orasidan aniqlandi

4 iyul soat 18:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9611 (+111) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 44 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 66 nafari Toshkent shahrida hamda 1 nafari Buxoro viloyatida aholi orasida aniqlangan.

️Bugun ayni paytga qadar poytaxtimizdagi 2-son Respublika  klinik shifoxonasida 53 nafar va Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida 2 nafar bemor tuzalib, yurtimizda jami 6306 (+55) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog`aygan.

️Hozirda mamlakatimizda 3275 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1