1

Kunning 2-o`limi: Buxoroda 35 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat 04.07.2020, 18:34
Kunning 2-o`limi: Buxoroda 35 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

Buxoro viloyati G`ijduvon tumanida yashovchi 35 yoshli ayol  D.Sh. joriy yil 1 iyul kuni koronavirus infeksiyasiga gumon qilinib, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimasiya bo`limiga yotqizilgan.  

Unga “Ikki tomonlama  pnevmoniya, o`tkir nafas etishmovchiligi 3-daraja, semizlik 2-daraja” tashxisi qo`yilgan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan tezkor reanimasion muolajalarga qaramasdan bemor o`tkir nafas va yurak etishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi. 

Eslatib o`tamiz, bu kunning ikkinchi o`limidir. Bugun poytaxtimizda yashovchi 65 yoshli erkak ham vurusdan vafot etgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1