1

OTMlardagi Sall-markazlar faoliyati "sirli qo`ng`iroq" usulida o`rganildi. Natija esa "Qorovulxonaga tushdingiz"...

Jamiyat 04.07.2020, 19:21
OTMlardagi Sall-markazlar faoliyati "sirli qo`ng`iroq" usulida o`rganildi. Natija esa "Qorovulxonaga tushdingiz"...

Bugun, 4 iyul kuni oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Inomjon Majidov rahbarligida OTMlarda qabul jarayonlarining borishi masalalariga bag`ishlab videokonferensiya tarzida o`tkazilgan yig`ilish tanqidiy ruhda o`tdi. Unda OTMlar rektorlari va filiallar direktorlari, o`quv ishlari bo`yicha prorektorlar, o`quv-uslubiy boshqarma boshliqlari, qabul bo`yicha mas`ul kotiblar, magistraturaga qabul bo`yicha mas`ul xodimlar ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi. 

Yig`ilishda aholi tomonidan noroziliklar keltirib chiqarayotgan muammoli masala – call-markazlar faoliyati tanqidiy ko`rib chiqildi.  

Ma`lum qilinishicha, bugun (4 iyul kuni) soat 9:00 dan 12:00 gacha bo`lgan vaqtda vazirlik xodimlari tomonidan OTMlarda tashkil etilgan Call-markazlariga o`rganish uchun qo`ng`iroq qilinganda AnDU, TDShU, ToshDO`TAU, O`zXIA, O`zXA, MRDI, TKTI Yangier filiali, TATU Samarqand filiali, SamVMI Toshkent filiali, BuxTIda qo`ng`iroqlarga javob berilmagan.

Qoraqalpoq tibbiyot instituti xodimlari esa "Qorovulxonaga tushdingiz" deb javob bergan.

"Call-markazga tajribali va mas`uliyatli xodimlar biriktirish belgilangan. Ammo berilgan savollarga ba`zi oliy ta`lim muassasalaridan to`liq javob olinmadi va ayrim OTMlarda berilgan oddiy savollarga ham javob berish o`rniga sansalorlikka yo`l qo`yilib, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligiga yoki Davlat test markaziga qo`ng`iroq qilishni  maslahat berish bilan cheklanmoqda.

Bunday holatlar TDPU, O`zMU, TMI, SamDTI, TAQI, NukDPI, ToshDSI, SamDU, SamDChTI, SamISI, O`zJOKU, ToshDTU Olmaliq filiali, NavDKI Nukus filialarida kuzatildi" deyiladi xabarda.

Zarurat bo`lsa, faoliyati talab darajasida tashkil qilinmayotgan sall-markazlarga o`quv ishlari prorektorlarini, mas`ul kotiblarni doimiy biriktirib qo`yish topshirildi.  

Sall-markazlar faoliyatini bunday "sirli qo`ng`iroq" usulida o`rganish va baho berish ishlari uzluksiz amalga oshirilishi ta`kidlab o`tildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1