1

"Neksiya" Chirchiq daryosiga tushib ketdi. Haydovchi omon qoldi

Jamiyat 04.07.2020, 19:52
"Neksiya" Chirchiq daryosiga tushib ketdi. Haydovchi omon qoldi

Bugun, 4 iyul kuni "Neksiya" rusumli avtomashina Chirchiq daryosida oqib ketayotgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

IIV YHXBB Axborot xizmati ushbu holat bo`yicha ma`lumot berdi:

Joriy yilning 30 iyun kuni soat 18:20 larda, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani hududidan o`tgan 4R12 “Bektemir-Chorbog`” avtomobil yo`lining 32 kilometrida haydovchi 2001 y.t. I.M. “Neksiya” rusumli transport vositasida harakatlanayotib, ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yo`qotib haydovchi X.Dj. boshqaruvida bo`lgan “Zil” rusumli yuk avtomashinasining yon tomoniga urilgan va ushbu hudud atrofidan o`tgan Chirchiq daryosiga tushib ketgan. Daryoga tushish vaqtida haydovchi avtomobildan tushib qolishga ulgurgan.

Ushbu hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo`q. “Neksiya” rusumli transport vositasi daryodan chiqarib olingan.

https://yhxbb.uz/uploads/events/d98e40dd1c9761c7641552dbc8a0fae0.mp4

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1