1

Toshkentda 58 kishida koronavirus aniqlandi, ulardan 31 nafari aholi orasidan

Jamiyat 05.07.2020, 00:21
Toshkentda 58 kishida koronavirus aniqlandi, ulardan 31 nafari aholi orasidan

2020 yil 4 iyul soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9708 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi SSV matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlari 97 nafarga ko`paygan. Ularning 6 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 58 nafari Toshkent shahrida (shundan 27 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 31 nafari aholi orasida), 26 nafari Toshkent viloyatida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida) 6 nafari Navoiy viloyatida hamda 1 nafari Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 6425 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog`aygan.  3252 nafar bemor davolanmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1