AsosiyJamiyat

Yurtimizda 10 soat ichida 121 ta yangi kasallanish holati qayd etildi, jami bemorlar 9800 dan oshib ketdi

'Yurtimizda 10 soat ichida 121 ta yangi kasallanish holati qayd etildi, jami bemorlar 9800 dan oshib ketdi'ning rasmi

2020 yil 5 iyul soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9829 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati. 

Yangi kasallanish holatlari  121 nafarga oshgan. Ularning 106 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 7 nafari Toshkent shahrida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 1 nafari esa Sirdaryo viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 6425 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog`aygan. 3373 nafari davolanmoqda.

    Boshqa yangiliklar