AsosiyJamiyat

Marg`ilonda Turkiyaning universitetlaridan biri o`z filialini ochadi

'Marg`ilonda Turkiyaning universitetlaridan biri o`z filialini ochadi'ning rasmi

Farg`ona viloyati hokimligi, Investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Turkiya Respublikasining Bursa viloyati hokimligi, Bursa Uludag` universiteti prorektori, Bursa savdo-sanoat palatasi vakillari ishtirokida onlayn videokonferensiya shaklida uchrashuv bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligining axborot xizmati.

Uchrashuvda Marg`ilon shahrida ochilishi rejalashtirilayotgan Turkiyaning Bursa Uludag` universiteti filiali haqida muzokaralar olib borildi. Mazkur universitetning  engil sanoat muhandisligi, pillachilik sanoati, ipak qurti zoti duragaylarini yaratish, to`qimachilik marketingi, dizaynerlik va savdosi yo`nalishlari bo`yicha filialini ochish yuzasidan elektron bitim imzolandi.

    Boshqa yangiliklar