1

JSST koronavirusni davolash bo`yicha sinovdan o`tkazilgan dorilar samarasiz ekanligini ma`lum qildi

Jamiyat 05.07.2020, 16:18
JSST koronavirusni davolash bo`yicha sinovdan o`tkazilgan dorilar samarasiz ekanligini ma`lum qildi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti SOVID-19ni davolash uchun sinovdan o`tkazilayotgan uch preparatning sinov jarayonini to`xtatdi. Ular "gidroksiklorokin", "lopinavir" va "ritonavir", deya xabar berdi tashkilot o`z bayonotida.

Bayonotda ta`kidlanganidek, JSST mutaxassislari sinovlar bo`yicha xalqaro boshqaruv qo`mitasining tavsiyalarini qabul qildilar.

Remdesivir, gidroksiklorokin, lopinavir va ritonavir turli jamlanmalarda interferon bilan birgalikda mart oyidan buyon sinovdan o`tkazilmoqda. Sinovlarda 4500 dan ortiq bemor ishtirok etgan. O`tgan oy oxirida JSST ekspertlari barcha sinovdan o`tgan dorilar orasida faqat remdesivir samarali ekanligini aytishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1