Koronavirus pandemiyasi butun dunyoga tarqalib, insonlar hayotiga katta xavf tug`dirmoqda. Ayni vaqtda O`zbekistonda ushbu kasalikka chalinganlar 9611 nafarni tashkil etmoqda. 6306 kishi ushbu kasallikni engib o`tgan.
O`zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarga malakali tibbiy yordam ko`rsatishga harakat qilinmoqda. O`tgan muddat ichida Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 2 ming o`ringa mo`ljallangan yangi shifoxonaning qurilishi boshlanib, uning bir qismi bitirildi. Joriy yilning 6 iyul kuni shifoxonaning 1000 o`ringa mo`ljallangan birinchi binosi foydalanishga topshiriladi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Toshkent viloyati Zangiota tumanida barpo etilayotgan ko`p tarmoqli maxsus shifoxona 2 ming o`ringa mo`ljallangan. Lekin 4 ming o`ringacha transformasiya qilish imkoniyati bor.
Shifoxona loyihasining umumiy qiymati 504 milliard so`m bo`lib, 33 gektarda 2 ta kompleks qurilmoqda. Bunda yuqumli kasalliklar xususiyati va zamonaviy tibbiyot talablari inobatga olingan.
Xususan, stasionar joylarning hammasi bokslangan, har bir xona avtonom. Biridagi havo boshqasiga o`tmaydi. Ularga kirib-chiqish ham, xizmat ko`rsatish ham alohida. Kasallar kelgach, qabul bo`limidan tambur orqali to`g`ridan-to`g`ri o`z palatasiga joylashtiriladi.
Barcha korpuslar, bo`linmalar toza va notoza yo`laklar bilan ajratilgan. Toza yo`lakdan faqat tibbiy personal o`z vazifasini bajarish uchun foydalanadi. Shifokorlar harakatlanish chog`ida sanitar o`tkazgichlar orqali o`tadi. Bu barchaning – tashxisi noaniq bo`lganlar, vrachlar va boshqa xizmatchilarning xavfsizligini ta`minlash imkonini beradi.
72 o`rinli reanimasiya bo`limida har bir koyka sun`iy o`pka ventilyasiyasi va davolash apparatlari bilan jihozlangan. Bu bo`limni kardiologiya, nevrologiya, pediatriya kabi turli yo`nalishlar bo`yicha jihozlash ham mumkin.
Jarrohlik zallariga havo tepadan beriladi va yon tomonlardan so`riladi. Natijada doimiy sterillik ta`minlanadi.
Laboratoriyada virusologiya, biokimyo va immunologiya, mikrobiologiya, parazitologiya bo`yicha eng ilg`or apparatlar o`rnatilgan. Masalan, amaldagi polimer zanjirli reaksiya uskunasi 5 soatda o`rtacha 40 kishiga tashxis qo`ysa, bu erdagi zamonaviy jihozlar 2 soatda 90 ta namunani aniqlash imkoniyatiga ega. Ko`rpa-to`shak va matolar yuvilib, boshqa buyumlar bug` yordamida dezinfeksiya qilinadi.
Biz bu erda (Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi – tahr.) muhandislik kommunikasiyasi, loyihalash, qurilish materiallari, bemorlarga va xodimlarga qulaylik bo`yicha tizimli to`g`ri klinika nima ekanini ko`ramiz. Shu nuqtai nazardan eski ToshMIda yangi ko`p tarmoqli klinikani quryapmiz. U erda o`sha klinika xodimlari ishlaydi. Qurilish ishlari bo`sh erda boshlangan, aniqrog`i yakunlanyapti.
Eski binolar Stomatologiya instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, aniqrog`i bugungi kunda juda noqulay sharoitda ishlayotgan kafedralar uchun o`quv-klinik baza bo`ladi. Balki qaysidir ma`muriy idoramiz ham u erga ko`chirilishi mumkin. Bu er tibbiyot shaharchasi sifatida qoladi”, deya aniqlik kiritdi Shodmonov. Video:






