AsosiyJamiyat

Noyabr-dekabr oylarida koronavirusning navbatdagi to`lqini yuz berishi mumkin

'Noyabr-dekabr oylarida koronavirusning navbatdagi to`lqini yuz berishi mumkin'ning rasmi

 Koronavirusning yangi — ikkinchi to`lqini noyabr-dekabr oylarida yuz berishi mumkin. alomatlari kuz-qish oylarida keng tarqaladigan yuqori nafas yo`llari infeksiyalari (ORVI) bilan deyarli bir xil bo`lgan kasallikni nazorat qilish yanada qiyin bo`ladi.

Bu haqda shifokorlarning butunjahon kasaba uyushmasi WMA’ning sobiq rahbari professor Leonid Eydelman aytib o`tdi.

Olimning ta`kidlashicha, kasallikning yangi to`lqiniga jiddiy tayyorlanish lozim:

«Har yildagi kabi noyabr-dekabrda nafas yo`llari kasalliklari ko`payishini anglash lozim. Shu sababli yo`talayotgan, aksirayotgan kasallarni koronavirusga chalinganlardan farqlash qiyin bo`ladi. Aynan shu katta muammodir».

Koronavirusning kuzgi to`lqini karantin cheklovlari bekor qilingani sababli yozgisidan kuchliroq bo`ladi.

Hozirda koronavirusga chalinganlar soni butun dunyoda ko`paymoqda. «Aslida kasallanganlar soni aniqlanganlaridan ko`proqni tashkil qiladi, negaki yashirin shaklini boshdan kechirayotganlar va virusni engil o`tkazganlar ham aholi orasida mavjud», deb qo`shimcha qilgan Eydelman.

    Boshqa yangiliklar