1

Bugundan kasb-hunar maktablariga qabul boshlandi

Jamiyat 05.07.2020, 20:12
Bugundan kasb-hunar maktablariga qabul boshlandi

Bugun 5-iyuldan kasb-hunar maktablariga qabul boshlandi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat komissiyasi majlisining 2020 yildagi 1-son bayoniga muvofiq 2020 yil 5 iyuldan 20 iyulga qadar kasb-hunar maktablariga kasb-hunar egallash istagida bo`lgan 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlari onlayn qabul qilinadi.

2020/2021 o`quv yili uchun kasb-hunar maktablariga 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlarini qabul qilish jarayonlari onlayn tarzda kasb.edu.uz elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

 9-sinf bitiruvchilari quyidagi hujjatlarni topshiradilar:

👉 Elektron ariza

👉 Umumta`lim maktabining 9-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi shahodatnoma (elektron) nusxasi.

👉 3x4 fotosurat

Kasb--hunar maktablarida quyidagi ishchi kasblar bo`yicha kadrlar tayyorlanadi:

🔹 tikuvchi;

🔹chilangar;

🔹issiqxona va parnik xo`jaligi laboranti;  

🔹avtomobillarni ta`mirlash chilangari;

🔹oshpaz;

🔹qandolatchi;

🔹asalarichi.

Kasb-hunar maktablarining afzalligi, bu erda 2 yil davomida umumta`lim va mutaxassislik fanlari integrasiyalashgan dasturlari asosida o`qitiladi. O`quvchiga o`zi tanlagan kasb bo`yicha bilim beriladi.

‼️Fuqarolar Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligida professional ta`lim muassasalariga qabul jarayonlari bo`yicha tashkil etilgan “Call markaz”ga qo`ng`iroq qilib, o`zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob  olishlari mumkin.

Telefon: (71) 246-11-92

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1