AsosiyJamiyat

Qamashi tuman hokimligi koronavirus bilan bog`liq vaziyat yuzasidan ma`lumot berdi

'Qamashi tuman hokimligi koronavirus bilan bog`liq vaziyat yuzasidan ma`lumot berdi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani hokimligi hududdagi koronavirus bilan bog`liq vaziyat yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi.

«So`nggi kunlarda Qamashi tumanida bir necha fuqarolarda koronavirus infeksiyasi qayd etilganligi to`g`risida turli xabarlar tarqalmoqda. Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazidan olingan ma`lumotlarga ko`ra, tumanda bir necha fuqarolar kuchaytirilgan tibbiy nazoratga olingan. Ulardan koronavirusga test olingan. Olingan analiz natijalari mutaxassislar tomonidan tahlil qilinmoqda.

Bugun tibbiy nazoratda bo`lgan bir nechta fuqarolardan koronavirusga olingan test ma`lumotlariga aniqlik kiritildi.

Viloyat kengashiga Qamashi tumanidan saylangan deputat Lola Saodatovadan olingan tibbiy xulosalarga ko`ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilmagani tasdiqlandi», — deyiladi hokimlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar