AsosiyJamiyat

Koronavirus infeksiyasiga chalingan toshkentlik 49 yashar ayol vafot etdi

'Koronavirus infeksiyasiga chalingan toshkentlik 49 yashar ayol vafot etdi'ning rasmi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan toshkentlik ayol vafot etdi. Bu haqda SSV ma`lum qildi. 

Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi, 49 yoshli N.U. (ayol kishi) bir necha kun davomida tana haroratining ko`tarilishi, tomog`ida og`riq va holsizlik bo`lishiga qaramasdan shifokorlarga o`z vaqtida murojaat qilmagan.  

Joriy yil 3 iyul kuni bemor xususiy klinikada koronavirusga tahlil topshirgan. Shu kuni ahvoli og`irlashganligi sababli 7-son shahar klinik shifoxonasining reanimasiya bo`limiga yotqizilib, sun`iy nafas olish apparatiga ulangan.

Biroq shifokorlarning standartlar asosida o`tkazgan reanimasion muolajalariga qaramasdan bemor o`tkir nafas va yurak etishmovchiligidan vafot etdi. 

    Boshqa yangiliklar