1

Buxorodagi 10-umumiy o`rta ta`lim maktabning yopilishi sabab o`qituvchilar ishsiz, o`quvchilar ko`chada qolayotganligi muammosi hal etilishi va`da qilindi

Jamiyat 06.07.2020, 08:34
Buxorodagi 10-umumiy o`rta ta`lim maktabning yopilishi sabab o`qituvchilar ishsiz, o`quvchilar ko`chada qolayotganligi muammosi hal etilishi va`da qilindi

Joriy yilning 3 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahridagi 10-umumiy o`rta ta`lim maktabining yopilishi sababli o`qituvchilar ishsiz, o`quvchilar ko`chada qolayotganligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Xalq ta`limi vazirligi ushbu murojaatlarga munosabat bildirdi. 

"Buxoro shahridagi 36-ivrit tilini chuqurlashtirib o`qitishga ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktabi moslashtirilgan va San PiN talablariga javob bermaydigan eski mahalladagi 2 ta hovlida joylashgan. Maktabning quvvati 250 o`ringa ega bo`lib, ayni paytda 457 nafar o`quvchi tahsil olmoqda. Maktab to`liq 2 smenada 1,8 koeffisientda ishlaydi. Bino XIX asrda cho`pkori usulida qurilgan bo`lib, madaniy meros ob`ekti hisoblanadi. Maktabda sport zali, laboratoriya xonalari, sport maydonchasi, oshxona, avtoshaharcha, faollar zali, o`qituvchilar xonasi, kutubxona singari zaruriy inshootlar mavjud emas.

   Yosh avlodning zamon talablari asosida ta`lim-tarbiya olishlarini ta`minlash, o`quvchilar salomatligini asrash va ularning barkamol insonlar bo`lib voyaga etishishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratish maqsadida ushbu maktabni unga eng yaqin hududda joylashgan 9-10- umumta`lim maktablarini maqbullashtirish orqali 10- maktabning bo`shatiladigan binosiga ko`chirish haqida 2020 yil 23 iyunda Buxoro shahar hokimining 641-sonli qarori qabul qilindi.

   Qarorda, shuningdek, 10-umumiy o`rta ta`lim maktabini, maktabdan 50 metr uzoqlikda joylashgan 9-umumta`lim maktabiga o`quvchilar va mavjud o`qituvchilar tarkibi bilan ko`chirish orqali mazkur ikki maktabni maqbullashtirgan holda faoliyatini muvofiqlashtirish nazarda tutilgan. Bunda 10-umumiy o`rta ta`lim maktabining o`qituvchilari mavjud dars soatlari va ish hajmlari saqlangan holda faoliyatlarini o`z o`quvchilari bilan davom ettirishlari ta`minlanadi va biror bir o`qituvchi va maktab xodimining ishsiz qolishiga yo`l qo`yilmaydi.

 Ayni paytda Buxoro shahar xalq ta`limi bo`limi rahbariyati tomonidan ushbu maktablar jamoalari va o`quvchilarning ota-onalari bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

   Viloyat xalq ta`limi boshqarmasi ushbu masalani qonuniy hal qilish choralarini ko`radi", Buxoro viloyat xalq ta`limi boshqarmasi Axborot xizmati taqdim etgan xabarda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1