AsosiyJamiyat

Ertaga Istambuldan o`zbekistonliklar olib kelinadi

'Ertaga Istambuldan o`zbekistonliklar olib kelinadi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ertaga, 7 iyul kuni tashkil etiladigan charter reyslar haqida ma`lum qildi. Unga ko`ra, 

Toshkent-Istanbul-Toshkent parvozi amalga oshiriladi. 

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro`yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Ro`yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo`yiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo`ladi.  

 O`zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o`z xohishiga ko`ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta`minlanadigan karantin markazlarida yoki pullik mehmonxonada o`tkazishi mumkin.

Eslatib o`tamiz, bugun Seul-Toshkent-Seul va Toshkent-Moskva-Toshkent charter reyslari amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar