1

Farg`onada juda ko`p miqdordagi soliqlarni to`lashdan qasddan bo`yin tovlagan korxonalar rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jamiyat 06.07.2020, 09:25
Farg`onada juda ko`p miqdordagi soliqlarni to`lashdan qasddan bo`yin tovlagan korxonalar rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg`ona viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati.

Unda muqaddam JKning 184-moddasi bilan 2 marta jinoiy javobgarlikka tortilgan fuqaro A.Z. va boshqalar 11 ta xo`jalik yurituvchi sub`ektlarni rasmiy va norasmiy boshqarishib, noqonuniy daromad orttirish maqsadida jamiyatlarning yuridik manzilini o`zgartirish orqali byudjetga to`lanishi lozim bo`lgan 8,3 mlrd so`m soliq va boshqa majburiy to`lovlarni to`lashdan qasddan bo`yin tovlab kelganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.Z. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1