AsosiyJamiyat

Pandemiya sharoitida 1-sinfga qabul jarayoni yanada osonlashdi

'Pandemiya sharoitida 1-sinfga qabul jarayoni yanada osonlashdi'ning rasmi

Pandemiya sharoitida 1-sinfga qabul jarayoni yanada osonlashgani haqida Xalq ta`limi vazirligi quyidagicha e`lon berdi:

"Hurmatli ota-onalar!

Koronavirus pandemiyasi sharoitida farzandingizni maktabga qabul qilish jarayonida duch keladigan navbatda to`planib turish va ortiqcha sarsongarchiliklarni bartaraf etish maqsadida Xalq ta`limi vazirligi tomonidan joriy yilning 6 iyulidan boshlab 2020-2021 o`quv yiliga qabul qilishning elektron navbat tizimi yaratildi.

1-sinf qabuliga navbatga turish internet tarmog`idagi www.qabul.maktab.uz veb-portali orqali onlayn navbat asosida amalga oshiriladi.

Onlayn navbatga yozilish tartibi yoritilgan batafsil video yo`riqnomani tomosha qiling.

Shuningdek batafsil ma`lumotni Xalq ta`limi vazirligining rasmiy telegram kanali @uzedu orqali bilib olishingiz mumkin".

Eslatma: Mazkur tartib sinov tariqasida dastlab Toshkent shahrida amalga oshiriladi. Sinov natijalariga ko`ra keyingi o`quv yillaridan boshlab Respublikamizning boshqa hududlarida joriy etiladi.

    Boshqa yangiliklar