AsosiyJamiyat

Rasul Kusherboev uchuvchi bo`lishni orzu qilganini, ammo nima uchun niyatidan voz kechganini ma`lum qildi

'Rasul Kusherboev uchuvchi bo`lishni orzu qilganini, ammo nima uchun niyatidan voz kechganini ma`lum qildi'ning rasmi

Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutida Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbaev bilan onlayn muloqot o`tkazildi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar berdi.

Zoom orqali tashkil etilgan «Yoshlar parlamenti, qonunchilikda yoshlarga oid islohotlar» mavzusidagi muloqotni institut rektori O`ktam Umurzoqov ochib berdi. Zoom dasturi orqali bo`lib o`tgan Online suhbatda 400 dan ortiq ishtirokchilar qatnashishdi hamda bir vaqtning o`zida Facebook ijtimoiy tarmog`i orqali jonli efirda ko`plab yurtdoshlarimiz ham ishtirok etishdi. Online suhbat samimiy, mulohazali, oddiy va albatta ko`tarinki kayfiyatda boshlandi. Online suhbatga Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor R.Choriev, Institut faol yoshlari jamoasi a`zolari A.Berdimurodov, D.Akbarov, U.Manzirboevlar moderatorlik qilishdi.

Rasul Kusherbaev dastlab Oliy Majlis qonunchilik palatasidagi ish jarayoni bilan o`rtoqlashdi. Har bir sohada muhim o`zgarishlar qilish uchun, har bir shaxs o`z hayotida keskin qarorlar chiqarishi zarur. Mehmonimiz ham xalq nazariga tushib, xalq dardi bilan yashash va har qanday vaziyatda ham qonun asosida ish ko`rish tarafdori bo`lib, deputatlik borasida ulkan natijalarga erishish uchun yoshlikda u ham, muhim qaror chiqargani tahsinga loyiq. R.Kusherbaev yoshlikida uchuvchi bo`lishni orzu qilgani, ammo bir filmdan ta`sirlanib, o`z fikrini o`zgartirgan va bor bilim salohiyatini xalq manfaatlari yo`lida safarbar qilishga qaror qilgan edi. Uchuvchilik faoliyatidan voz kechib, O`zbekiston Jahon tillari universiteti, Xalqaro jurnalistika fakultetida ta`lim olgan.

Keyin, esa interaktiv savollarga navbat berildi. Moderatorlar tomonidan talabalarning va ishtirokchilarning Yoshlar parlamenti, aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda ta`lim tizimiga doir savollari berildi. Rasul Kusherbayev savollarning har biriga imkon qadar javob berib o`tdi va o`zining bu faoliyatlar yuzasidan qanday tashabbuslar qilish bo`yicha taklif va xulosalarini berib o`tdi. Yoshlar Parlamenti ish faoliyatiga ham alohida to`xtalib, yuzaga keladigan qiyinchiliklar va yoshlarga yaratib beriladigan imkoniyatlar yuzasidan o`z xulosalarini aytib o`tdi. Yoshlar parlamentidagi yoshlar albatta, o`z tuman va shaharlaridagi aholini qiynab kelayotgan muammolarni bizga va Senat minbariga qo`rqmasdan olib chiqishiga ishonaman deb o`z so`zini yakunladi. Institut rektori Umurzakov O`ktam Pardaevich ham online suhbatga befarq bo`lmagan holda, o`z faoliyatidan kelib chiqgan holda, Oliy ta`lim tizimida yoshlar orasida korrupsiya illatiga qarshi yoshlarning ongida immunitet hosil qilish, ta`lim sohasidan bu illatni tub ilidzigacha yo`q qilish yuzasidan deputatga savollar bilan murojaat qildi. Rasul Kusherbaev, o`z faoliyatidan kelib chiqgan holda, bu illatga qarshi kurashish, xalqimiz ongida huquqiy savodxonlikni rivojlantirish yuzasidan ko`plab tahliliy ma`lumotlar keltirib o`tdi. Akmal Berdimurodov, Ulug`bek Manzirboev, Dilmurod Akbarovlar moderator sifatida ishtirokchilarning savollarini etkazib tadbirga jon baxsh etib turishdi.

    Boshqa yangiliklar