Checheniston prezidentini tanqid qilgan bloger otib ketildi

Dunyo 06.07.2020, 14:01
Checheniston prezidentini tanqid qilgan bloger otib ketildi

4 iyun kuni Avstriyaning Gerasdorf shahridagi savdo markazlaridan birida chechenistonlik 43 yoshli bloger Mamixan Umarov otib ketildi. O`q uning boshiga tekkan, deya xabar berdi "Azon.uz" "Evronyus" ma`lumotiga tayangan holda.

Ushbu qotillik bo`yicha ikki Rossiya fuqarosi qo`lga olindi, ularning har ikkisi ham chechenistonlik. 

Avstriyada Martin Bek ismini olgan va Yutubda “Venalik Anzor” nomidagi kanalni yuritgan Mamixanov Checheniston hukumatini, xususan, mamlakat rahbari Ramzan Qodirovni ashaddiy tanqid qilib kelgan. Shuningdek, u bir paytlar Rossiyaga qarshi janglarda qatnashganini e`tirof etgan, Ukraina razvedkasi bilan hamkorlik qilgan.  

Mamixan Umarov Avstriyada 2005 yildan beri yashab kelayotgan edi. 

Umarovning o`ldirilishi Evropada yashayotgan chechenlarga qarshi oxirgi bir yilda uyushtirilgan to`rtinchi suiqasd bo`ldi. 2019 yilning avgustida Germaniyada Zelimxan Xangoshvili, 1 fevralda Fransiyada Imran Aliev, 26 fevralda esa Shvesiyada Tumso Abdurahmanov o`ldirib ketilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1