Sog`liqni saqlash vazirligi O`zbekistonda koronavirusdan vafot etgan 36-bemorni e`lon qildi.
Keltirilishicha, Uchtepa tumanida yashovchi A. (erkak kishi) bir necha kun davomida tana haroratining ko`tarilishi, tomog`ida og`riq va holsizlik bo`lishiga qaramasdan shifokorlarga o`z vaqtida murojaat qilmasdan, uy sharoitida davolanib yurgan.
Joriy yil 2 iyul kuni Respublika ixtisoslashtirilgan Ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida tibbiy ko`rikdan o`tgan va tekshiruv natijasiga ko`ra, pulmonolog tavsiyasiga asosan Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasiga yuborilgan.
43 yoshli bemorga “Ikki tomonlama pnevmoniya, o`tkir nafas etishmovchiligi 2-daraja, semizlikning 3-darajasi” tashxisi qo`yilgan. Unda koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.
Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli malakali shifokorlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Biroq shifokorlarning standartlar asosida o`tkazgan tezkor reanimasion muolajalariga qaramasdan bemor o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etdi.