1

Epidemiya tarqalishi kamayishi uchun dunyoning necha foiz aholisi kasallanishi kerakligi ma`lum qilindi

Salomatlik 06.07.2020, 18:50
Epidemiya tarqalishi kamayishi uchun dunyoning necha foiz aholisi kasallanishi kerakligi ma`lum qilindi

Dunyo aholisining yarmidan ko`pi koronavirusga chalinsa, epidemiya tarqalishi kamaya boshlaydi. Immunologiya va epidemiologiya ekspertlari fikriga ko`ra, yaxshi immunitet qatlami shakllanishi uchun 75 foiz kasallanganlar kerak.

«50 foiz kasallanish ham virus tarqalishini to`xtatadi, biroq uning samarasi kam. Aholini vaksinasiyalash ko`lami 25-35 foizni tashkil etsa, epidemiya yo`qolmaydi. Immunitet qatlami 75 foiz bo`lsa-da, baribir xavf guruhida odamlar qolaveradi», — deydi (https://diyor24.uz/7877) tibbiyot fanlari doktori Mixail Kostinov.

Uning ta`kidlashicha, vaksinasiya "dunyoni qutqarmaydi" va shaxsiy gigienaga rioya qilishni, surunkali kasalliklarni davolashni davom ettirish kerak.

"Shunga qaramay, vaksinasiyasiz ushbu infeksiya rivojlanishini to`xtatishning iloj yo`q. Tabiiy immunitet paydo qilingan taqdirda ham, xavf saqlanib qoladi, chunki aholi orasida keksalar, surunkali kasallikka ega insonlar va immunitetida nuqsoni borlar mavjud", — deydi ekspert.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1