O`ktam Barnoevga yana bir lavozim berildi

Siyosat 06.07.2020, 19:37
O`ktam Barnoevga yana bir lavozim berildi

Bugun, 6 iyul kuni O`zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida O`zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasiga yangi rais saylash ko`rib chiqildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Federasiya raisligiga O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari O`ktam Barnoev nomzodi tavsiya qilindi va konferensiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan ma`qullandi. Shuningdek, konferensiyada federasiya rahbariyati hamda 13 kishidan iborat Ijroiya qo`mitasi a`zolari tarkibi ham saylandi. Unga ko`ra, rais o`rinbosarlari sifatida Feruz Abdullaev, Bahrom Norqobilov, Avaz Ismoilov va Kamol Xudoyberdiev nomzodlari ma`qullandi. Shu bilan birga Kamol Xudoyberdiev federasiya bosh kotibi lavozimiga ham tasdiqlandi.

Videoselektor davomida yilqichilik va ot sporti federasiyasining keyingi faoliyati bo`yicha takliflar bildirildi. Unga ko`ra hududlarda ushbu sport turini yanada rivojlantirish bo`yicha markazlar tashkil etish, sport inventarlari holatini o`rganish va yangilash borasida kelishib olindi.

Shundan so`ng federasiya hududiy bo`limlarining ortda qolgan davr mobaynida amalga oshirgan ishlari va kelgusi rejalari bo`yicha hisobotlari tinglandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1