1

Toshkentda avtobus yo`nalishlari va shohbekatlarida dezinfeksiya ishlari yanada kuchaytirildi

Jamiyat 06.07.2020, 20:45
Toshkentda avtobus yo`nalishlari va shohbekatlarida dezinfeksiya ishlari yanada kuchaytirildi

“Toshshahartransxizmat” AJ o`z tasarrufidagi avtobus yo`nalishlari va shohbekatlarda dezinfeksiya ishlari yanada kuchaytirdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan yo`nalishlarda harakatlanayotgan avtobuslar salonlarida sanitariya-epidemiologiya talablariga qat`iy rioya etilishini ta`minlash yuzasidan kuchaytirilgan nazorat tadbirlari o`tkazilmoqda.  

Jamiyat rahbarlaridan iborat maxsus ishchi guruhlar shohbekatlarda bo`lib, dezinfeksiya jarayonlarini kuzatishmoqda. Haydovchi va chiptachilarning karantin talablariga qay darajada amal qilayotgani, tibbiy niqob va qo`lqop bilan ta`minlanganlik darajasini o`rganmoqdalar.

Belgilangan karantin me`yorlarga amal qilmagan ishchilarga nisbatan jarima choralari  qo`llanilmoqda. Xususan, yo`nalishlarda tibbiy niqob va qo`lqopsiz yurgan haydovchi va chiptachilar oylik maoshlari hisobidan 10 foiz, ushbu holat ikkinchi marotaba takrorlanganda esa 50 foizgacha jarimaga tortiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1