1

Sog`liqni saqlash vaziri O`zbekistonda koronavirus hali eng cho`qqisiga chiqmaganini ma`lum qildi

Jamiyat 07.07.2020, 05:52
Sog`liqni saqlash vaziri O`zbekistonda koronavirus hali eng cho`qqisiga chiqmaganini ma`lum qildi

«Yo`q, hali "pik"  holatga chiqqanimiz yo`q. Biz o`sishda davom etyapmiz», — deb ta`kidlagan sog`liqni saqlash vaziri.

Shuningdek, vazir koronavirus bilan bog`liq hozirgi vaziyat va karantin cheklovlari qachongacha davom etishi mumkinligi haqida ham o`z fikrini bildirgan.

«Buni shu kungacha ko`plab olimlar bashorat qilishga harakat qildi. Lekin birortasining taxmini to`g`ri chiqqani yo`q. Shuning uchun men ham bashorat qilmayman. Aytish juda qiyin», — dedi Alisher Shodmonov.

Vazir O`zbekistonda koronavirusdan saqlanishning muhim vositasi tibbiy niqob taqish, ozodalikka rioya qilish va ijtimoiy masofa saqlash ekanini aytib, kasallikning to`xtashi odamlarga bog`liqligini ta`kidladi.

«Shundagina kasallikdan 2-3 oyda qutilib ketishimiz mumkin. Aks holda bu virus uzoq yillar davomida organizmimizda saqlanib qolishi mumkin», — degan sog`liqni saqlash vaziri

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1