Surxondaryoda qo`lini yuvmay hujjat tekshirgan YPX xodimi intizomiy jazoga tortildi

Jamiyat 07.07.2020, 08:55
Surxondaryoda qo`lini yuvmay hujjat tekshirgan YPX xodimi intizomiy jazoga tortildi

Joriy yilning 25 iyun kuni ijtimoiy tarmoqda “Gai xodimi haydovchidan hujjatlarini so`raganda, haydovchi gai xodimi qo`llarini avval antiseptik vositalarda tozalashini so`radi” sarlavhali video lavha tarqalgan edi. Bunga 26 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati munosabat bildirilgandi.

Mazkur holat yuzasidan o`tkazilgan xizmat tekshiruvi o`z yakuniga etdi. Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo`l-patrul xizmati xodimlarining yo`l harakati qatnashchilari bilan o`zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to`g`risida”gi nizom talablarini buzganligi uchun Surxondaryo viloyati IIB YHXB YPXO komanidirining o`rinbosari B.Izbosarovga “Tanbeh” intizomiy jazosi e`lon qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1