AsosiyJamiyat

Namangan viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdorlari byudjet mablag`larini talon-toroj qilgani fosh etildi

'Namangan viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdorlari byudjet mablag`larini talon-toroj qilgani fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Darakchiga Bosh prokuratura xabar bermoqda.

Viloyat Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari “F.B.”, “A.T.” va “H.S.” MChJlar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, 275,9 mln so`m bo`lgan “gipoxloridkalsiy” dizenfeksiyalovchi vositalarni 524,8 mln so`mga, ya`ni o`rtacha bozor narxidan 248,9 mln so`mga qimmat narxlarda sotib olishib, juda ko`p miqdordagi byudjet mablag`larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan markazning mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlario`tkazilmoqda

    Boshqa yangiliklar