1

Qashqadaryoda yana bir quduqdan tabiiy gaz va gaz kondensati olinadi

Jamiyat 07.07.2020, 17:19
Qashqadaryoda yana bir quduqdan tabiiy gaz va gaz kondensati olinadi

“O`zbekneftgaz” AJ “Sho`rtan” neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Sho`rtan” gazkondensat konidagi 332-sonli quduqda burg`ulash ishlari tugatilib, 3054-2760 metr oralig`iga filtr tushirildi. Bu haqda "O`zbekneftgaz" AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Quduqni o`zlashtirish ishlaridan so`ng, kunlik 80 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 2 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

“O`zneftgaz burg`ulash ishlari” MChJ tomonidan olib borilgan burg`ulash ishlari tugatilib, hozirda ushbu quduq ustini jihozlash, uni gaz kollektoriga qo`shish ishlari bajarilmoqda.

Shuni alohida ta`kidlash joizki, ushbu quduq “O`zbekneftgaz” AJning 2020 yilda o`z kuchi bilan burg`ulab ishga tushirishi ko`zda tutilgan 20 quduqdan biri hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1