1

Farg`ona shahrida karantin kuchaytirildi, sanitariya nazorat postlari tashkil etildi

Jamiyat 07.07.2020, 18:20
Farg`ona shahrida karantin kuchaytirildi, sanitariya nazorat postlari tashkil etildi

Farg`ona shahriga viloyatning barcha hududlaridan kirish va shahardan respublikaning barcha hududlariga, shu jumladan, viloyatdagi tumanlarga chiqish yo`llarida sakkizta sanitariya posti tashkil etildi. Bu haqda viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi axborot xizmati ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, shaharga kirish va chiqishda haydovchilar bilan karantin qoidalariga amal qilish yuzasidan targ`ibot ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, viloyat hududidagi bozorlar, savdo majmualari va supermarketlarga kirishda dezinfeksion tunnel va dezinfeksiya guruhlari tashkil etilib, ular karantin qoidalariga rioya etilishini nazorat qilmoqda.

Eslatib o`tamiz, 2020 yil 6 iyul kuni Farg`ona viloyatida uch nafar fuqaroda koronavirus qayd etilgani haqida xabar berilgan edi. 
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1