1

SSVning so`nggi statistikasiga ko`ra Toshkent, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida va Qoraqalpog`istonda aholi orasida bemorlar aniqlandi

Jamiyat 07.07.2020, 20:18
SSVning so`nggi statistikasiga ko`ra Toshkent, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida va Qoraqalpog`istonda aholi orasida bemorlar aniqlandi

SSVning so`nggi statistikasiga ko`ra 2020 yil 7 iyul soat 17:30 holatiga O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 587 (+128) nafarni tashkil etgan.

Yangi kasallanish holatlarining 112 nafari Toshkent shahrida (shundan 84 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 28 nafari aholi orasida), 11 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida, 3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida), 2 nafari Jizzax viloyatida, yana 2 nafari Qashqadaryo viloyatida aholi orasida, qolgan 1 nafari esa Toshkent viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 6 690 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog`aygan.  

Hozirda mamlakatimizda 3 858 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1