1

"O`zsanoatqurilishbank"ning Navoiy viloyati filiali boshqaruvchisi o`rinbosari koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat 07.07.2020, 21:08
"O`zsanoatqurilishbank"ning Navoiy viloyati filiali boshqaruvchisi o`rinbosari koronavirusdan vafot etdi

Navoiyda 38 yoshli bemor (erkak) koronavirusdan vafot etdi, deya xabar berdi Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati. 

Navoiy shahrida yashovchi X.Sh. 2020 yil 2 iyul COVID-19 infeksiyasiga namuna topshirgan va unda kasallik tasdiqlangan. Bemor shu kunning o`zida Navoiy viloyat bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga "COVID-19" infeksiyasi og`ir kechishi tashxisi qo`yilgan. Kasallik ikki tomonlama zotiljam, nafas etishmovchiligining 1-2-darajasi asorati bilan kechgan.  

Bundan tashqari bemorda gipertoniya 3-daraja, arterial gipertenziya 2. Xavf – III, semizlikning  1-darajasi kabi hamroh kasalliklari bo`lgan.                                                                         Shuningdek, bemor 2019 yildan buyon gipertoniya kasalligi bilan nazoratda turgan.

6 iyul kuni bemorning ahvoli o`ta og`irlashgan hamda mutaxassislar tomonidan konsultasiya qilinib, davolash jarayoni tegishli mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.  

Ammo shunga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og`irlashgan. Reanimasiya bo`limi mutaxassislari tomonidan to`liq hajmda, standart asosida o`tkazilgan reanimasion choralar samara bermagan hamda biologik o`lim qayd etilgan.

Ayni paytda ma`lum qilinishicha, Navoiyda vafot etgan bemor "O`zsanoatqurilishbank"ning Navoiy viloyati filiali boshqaruvchisi o`rinbosari Xurshid Shabonov bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1