Vetnamda dunyoda birinchi oltin mehmonxona qurilib foydalanishga topshirildi. 25 qavatdan iborat Dolce Hanoi Golden Lake mehmonxonasini barpo etishga 10 yildan oshiq vaqt kerak bo`ldi.
Bu mehmonxonaning tashqi devorlari ham, ichkarisi ham sof tilladan ishlangan. Uning devorlariga 24-karatli oltin bilan ishlov berilgan. Bu haqda Vietnam Insider manbasiga tayanib unian.net xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha mehmonxonaning vannalari ham oltindan.
Dolce Hanoi Golden Lake mehmonxonasi binosi Xanoy shahrining qoq markazida joylashgan. Bu ob`ekt o`zining ilk mehmonlarini shu yilning iyun oyi boshlarida qabul qilishni boshladi. Video: