1

Nukusdagi kanalga cho`milish uchun tushgan 8 yoshli bola va 35 yoshli erkak oqib ketdi. Faqat bolani qutqarishga ulgurishdi

Jamiyat 07.07.2020, 22:23
Nukusdagi kanalga cho`milish uchun tushgan 8 yoshli bola va 35 yoshli erkak oqib ketdi. Faqat bolani qutqarishga ulgurishdi

Kecha, 6 iyul kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi FVB xodimi – podpolkovnik Radmir Chimbergenov cho`kib ketayotgan ikki odamdan birini qutqarib qolishga muvaffaq bo`ldi. Bu haqda FVV Axborot xizmati xabar qildi. 

Podpolkovnik Radmir Chimbergenov Nukus markazidagi uyi yaqinida joylashgan Kattagar kanali bo`ylab tungi sayoxatga chiqqan edi.
Ayni shu vaqtda Radmir yordam so`rab chaqirayotgan bolaning qichqirig`ini eshitdi. FVB xodimi atrofga nazar tashlar ekan, sakkiz yoshlar atrofidagi bola hamda bir erkakning suvda cho`kayotganiga guvoh bo`ldi.
Podpolkovnik Chimbergenov o`ylab o`tirmay, shu zahoti o`zini suvga tashlab, birinchi navbatda bolakayni qutqardi.
Ming afsuski, bolakay bilan birga cho`kayotgan odamni qutqarishning imkoni bo`lmaydi.
Keyinchalik ma`lum bo`lishicha, bir necha kishidan iborat guruh taqiqlangan joyda cho`milgan.
Cho`kib ketgan 35 yoshli erkakning esa mast holatda bo`lganligi aniqlangan.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1