25

AQSh xorijlik talabalardan mamlakatni tark etishlarini talab qildi

Dunyo 07.07.2020, 22:42
763
AQSh xorijlik talabalardan mamlakatni tark etishlarini talab qildi

AQSh kuzgi semestrda onlayn ta`lim oladigan xorijlik talabalardan mamlakatni tark etishlarini talab etmoqda. Immigrasiya va bojxona polisiyasining ma`lum qilishicha, bunday talabalarga Davlat departamenti viza bermaydi va Chegara nazorati ularni mamlakatga kiritmaydi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agenligi rasmi kanalida xabr qilindi. 

Shu bilan birga, AQShda qolishni istagan talabalarga hukumat o`qish joyini, hech bo`lmaganda o`qishning bir qismini kunduzgi ta`limga o`zgartirishni taklif etmoqda.

Immigrasiya polisiyasining bunday qarori minglab chet ellik talabalarga ta`sir qilishi mumkin. Sababi koronavirus pandemiyasi tufayli Amerikaning ko`plab universitetlari onlayn formatga o`tishni boshlagan edi. Amerika Ta`lim kengashi vise-prezidenti Bred Farnsuortning so`zlargi ko`ra, koronavirus bilan bog`liq vaziyat kuzda yomonlashishi mumkin, shundan keyin hatto kunduzgi kurslar ochgan universitetlar ham onlayn ta`limga o`tishga majbur bo`ladi.

Шарҳлар