1

Denovda 3 ta mashina ishtirokidagi YTHda velosipedchi halok bo`ldi

Jamiyat 08.07.2020, 07:41
Denovda 3 ta mashina ishtirokidagi YTHda velosipedchi halok bo`ldi

Denov tumanida 5 iyul kuni taxminan soat 18.00lar chamasida, tumanning “Guliston” mahallasi hududidan o`tuvchi 4R-108 avtomobil yo`lining 8 kilometrida odam o`limiga sabab bo`lgan YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi.

Tumanning “Lolazor” mahallasida yashovchi X.A. boshqaruvidagi “Trailblazer” rusumli avtoulovi bilan oldinda harakatlanib ketayotib, chapga burilayotgan tumanning “A.Jomiy” mahallasida yashovchi E.Sh.ning boshqaruvidagi VAZ-2102 rusumli avtoulovining chap yonidan urib yuborgan. Shuningdek, yo`lning o`ng chekkasida velosipedda harakatlanib kelayotgan, tumanning “A.Jomiy” mahallasida yashagan Q.M.ni turtib yuborib, o`z yo`nalishi bo`yicha piyodalar yo`lakchasida turgan, tumanning “Ko`kabuloq” mahallasida yashovchi, H.F.ga tegishli bo`lgan Neksiya rusumli avtoulovining orqa tomonidan borib to`qnashgan. Natijada velosiped haydovchisi, M.Q. “hayot uchun xavfli bo`lgan og`ir” tan jarohati oqibatida kasalxonaning jonlantirish bo`limida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan, 6 iyul kuni X.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1